• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +8.9°C
Detail image

“Mastercard” global to‘lov texnologiyalari kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi rasmiy vakolatxonasini ochadi.

Bu haqda kompaniya Samarqandda o‘tkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yillik konferensiyasida ma’lum qildi, deya xabar berdi Gazeta.uz nashri.

“Mastercard"ning Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika mintaqasi prezidenti Dimitrios Dosisning qayd etishicha, rasmiy vakolatxonani ochish joylardagi ehtiyojni yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

“Endilikda barchaning manfaati uchun, yaqin yillarda raqamli iqtisodiyot rivoji bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida, yanada faol va unumli ishlashimizga aminman”, — deydi u.

Konferensiya doirasida “Mastercard” inklyuziv taraqqiyot markazi global sherik — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirish va kichik biznes egalari, ayniqsa, ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum O‘zbekiston va Qozog‘istonda mikro hamda kichik korxonalar (MKK) raqamli imkoniyatlarini kengaytirish uchun Markaziy Osiyodagi hamkorlikni o‘rganishga qaratilgan.

2023-yilda Raqamli texnologiyalar sohasidagi sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq “Mastercard Advisors” O‘zbekiston Markaziy banki bilan birgalikda mamlakatda raqamli to‘lovlar o‘tishini jadallashtirishga qaratilgan to‘lov ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha 8 komponentli loyihani muvaffaqiyatli yakunladi.

“Mastercard innovatsion raqamli to‘lov yechimlari yordamida O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga ko‘maklashishga intiladi”, — dedi Dimi Dosis.

Xususan, kompaniya to‘lovlarning raqamli usullaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda joylashuvi va moliyaviy holatidan qat’i nazar, barcha iste’molchilar uchun xavfsiz va ishonchli tranzaksiyalarni ta’minlamoqchi.

Kompaniya prezidenti tadbirkorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi hamkorlik va dasturlarga investitsiya kiritilishini ta’kidlamoqda.

2021-yili O‘zbekistonda birinchi HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarilgandi.

Ўхшаш янгиликлар