• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

2022-yilning mart oyida isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning INI 1,5% ni tashkil etdi. Bu haqda davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 0,8% ga va 2020-yilning mos davrida 1,3%ga qimmatlashgan.

Yillik nisbatda (2021-yil-ning mart oyiga nisbatan) isteʼmol sektorida narxlarning oʻsish surʼati 10,5% ga yetdi.

2022-yilning mart oyida narxlar va tariflar oshishi boʻyicha yetakchilik bir oy oldingi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli boʻlib, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 2,5%ga oshdi.

Ushbu davrda, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 1,1%ga va aholiga pullik xizmatlar 0,4% ga oshdi. Taqqoslash uchun, 2021-yil mart oyida narxlarning oylik eng yuqori oʻsish surʼati oziq-ovqatlarda (1,2%) qayd etilgan. Nooziq-ovqat mahsulotlar mazkur davrda 0,6%ga va pullik xizmatlar 0,4%ga qimmatlashgan.

Ўхшаш янгиликлар