• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +7°C
Detail image

3-aprel kuni soat 16:00 da Edusession doirasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirni “Marketingda shaxsiylashtirish” mavzusida “CRO & Personalization” akademiyasi hamasoschisi, “Future Leader” konsalting kompaniyasi va “FemCRM” ayollar hamjamiyati asoschisi Anna Ambrozevich olib boradi.

Seans davomida u quyidagilar haqida soʻzlab beradi:

  • shaxsiylashtirish nima va nima uchun dunyo boʻylab bu haqda gapirishadi;
  • shaxsiylashtirish mexanikasiga misollar. Bu “Netflix”, “Amazon”, “Sephora” va boshqalarda qanday ishlaydi;
  • shaxsiylashtirish sohasidagi tajriba va karyera;
  • mahorat, rol, yoʻl haqida.

Tadbirda ishtirok etish bepul boʻlib, u rus tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun 2-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Spiker haqida maʼlumot:

Anna Ambrozevich — “FemCRM” ayollar hamjamiyatining asoschilaridan biri, murabbiy va jamoa rahbari, istiqbolli, marketing texnologiyalari sohasida mutaxassis.


Avvalroq “Spot” Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha “Elevate” taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda yoshi 22 va undan yuqori boʻlgan ayol va qizlar ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, arizalarni 31-martgacha yuborish kerak.

Ўхшаш янгиликлар