• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

Isteʼmolchilarning raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizligini taʼminlashda bartaraf etilishi zarur boʻlgan bir qancha xatarlarni kamaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan kredit va toʻlov tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan raqamli moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish standartlari tasdiqlandi.

Markaziy bank matbuot xizmatining qayd etishicha, ushbu standartlarda raqamli moliyaviy xizmatlar tushunchasi, isteʼmolchilarga taqdim etiladigan xizmatlar boʻyicha axborotlarning minimal hajmi, ularni taqdim etish qoidalari va tartibi, shuningdek, mazkur xizmatlarni koʻrsatishda foydalaniladigan dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar belgilab qoʻyilgan.

Bundan tashqari, xabarda mazkur standartlarning amaliyotga tatbiq etilishi bilan:

  • isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
  • taqdim etilayotgan xizmatlardan isteʼmolchilarning toʻlaqonli xabardor emasligi va ularni tushunib yetmasligi natijasida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda uchinchi shaxslar tomonidan firibgarlik va/yoki adolatsiz amaliyotlar bajarilishining oldini olish;
  • raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishda isteʼmolchilar uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni kamaytirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtilgan.

Raqamli moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish standartlari haqidagi batafsil maʼlum bilan mana bu yerda tanishingiz mumkin.

Ўхшаш янгиликлар