• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +19°C
Detail image

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish imkoniyati mavjud. Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘z ichiga beshta ta’lim maktabini olgan bo‘lib, ular 38 ta yo‘nalishdan tashkil topgan va talaba kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘zbek, ingliz va rus tillarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

kimyo universiteti, reklama

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti dastlabki to‘rt yil davomida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti brendi ostida faoliyat yuritdi. Qisqa vaqt ichida ta’lim yo‘nalishlari soni 38 ga yetdi. Kimyo universiteti ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi, shuningdek, 16 ta ta’lim dasturi bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Shu bilan birga, ilk tashkil qilingan gumanitar va iqtisodiy yo‘nalishlar Oliy ta’lim sifatini kafolatlash Yevropa registrining (EQAR) ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Yaqin yillarda texnik yo‘nalishlarni EUR-ACE (European Accredited Engineer) ma’lumotlar bazasiga kiritish va barcha ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish asosiy strategik vazifa qilib belgilab olindi.

kimyo universiteti, reklama

Hozirga kelib hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari tarmog‘i kengaydi. Ilk yillarda Janubiy Koreyaning Yodju texnika instituti asosiy hamkor bo‘lib, ayni damda turli mamlakatlardagi hamkor universitetlar soni 50 dan ortdi va shulardan Xanyang, Gachon, Xankyong kabi universitetlar bilan yaqin ta’lim aloqalariga ega bo‘ldi. Ular qatoriga:

  • Chosun, Chonju, Dayegu — Koreya;
  • Ruzvelt universiteti — AQSh;
  • Missuri davlat universiteti — AQSh;
  • Jorj Foks universiteti — AQSh;
  • NILE va Starklayd universitetlari — Buyuk Britaniya;
  • Varna menejment universiteti — Bolgariya;
  • Riga texnika universiteti;
  • Turiba universiteti;
  • Boltiq xalqaro akademiyasi — Latviya;
  • Berlin texnika universiteti va Xalqaro amaliy fanlar universiteti — Germaniya;
  • Yildiz texnika universiteti va Istanbul Aydin universiteti — Turkiya va boshqa ko‘plab universitetlar kiradi.

Hamkor universitetlar va xalqaro akkreditatsiya komissiya ekspertlarining bir qator takliflarini inobatga olib, institut maqomini xalqaro universitet darajasiga ko‘tarish maqsadida rebrending o‘tkazishga qaror qilindi. 2022-yilning oktabr oyidan boshlab oliy ta’lim muassasasi Kimyo Toshkent xalqaro universiteti nomini oldi.

kimyo universiteti, reklama

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’lim, fan va texnika sohalaridagi so‘nggi yutuqlarni hisobga olgan holda rivojlangan davlatlar, jumladan, Koreya va Yevropa mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan kredit-modul tizimiga asoslangan ta’lim dasturlarini amalga oshirishda davom etmoqda.

Universitetda nazariy bilimlarni chuqur tayyorlash bilan birga talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, iqtisodiyotning tarmoqlari bilan akademik va amaliy aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

kimyo universiteti, reklama

Bundan tashqari, universitetda “2+2”, “3+1”, “2+1+1” va “2+2+1” almashinuv ta’lim dasturlarini taqdim etish orqali zamonaviy bilimlarni olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, hamkor universitetlar bilan akademik mobillik dasturlari ham mavjud. Bundan tashqari, universitet infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash va o‘quv jarayoniga xalqaro yetakchi olimlar, o‘qituvchilar va amaliyotchilarni jalb etish ishlari davom ettirilmoqda.

Hujjatlarni offlayn va onlayn tarzda quyidagi havola orqali topshirish mumkin.

Sayt: kiut.uz
Facebook: fb.com/kiut.uz
Instagram: @kiut.uz_rasmiy
Telegram: t.me/kiut_official

Reklama huquqlari asosida.

Ўхшаш янгиликлар