• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

O‘zbekiston valyuta birjasi (O‘zRVB) joriy yilning yanvar-fevral oylari bo‘yicha bozorlarning umumiy sharhini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, O‘zRVBdagi umumiy savdolar hajmi 163,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,4%ga o‘sgan.

Mazkur davrda valyuta bozoridagi umumiy savdolar hajmi 74,5 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan (38,2 trln so‘m) 94.7%ga oshgan.

Bu davrda pul bozoridagi savdolarning umumiy hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 2,5 barobarga oshib, 74,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Pul bozoridagi bitimlarning ulushi jami savdo hajmining 45,5%ni tashkil etgan.

Avvalroq, O‘zRVB platformasida davlat obligatsiyalari T+2 rejimida joylashtirilgandi.

U orqali auksionda sotib olingan DQQ bo‘yicha hisob-kitoblar ikkinchi savdo kunida amalga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар