• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

Toshkentda O‘zbekiston va Vyetnam turizm sanoati anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuv ishtirokchilari Vyetnamdagi o‘zbeklar uchun hamyonbop va sifatli turpaketlar yaratishni muhokama qildi.

Shuningdek, vyetnamlik sayyohlarni O‘zbekiston yo‘nalishiga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

“Buning uchun ikki davlat oʻrtasida yangi aviaqatnov yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Iyun oyida Toshkentdan Vyetnamning Nyachang shahriga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar boshlanadi”, — dedi “Prestige Travel” kompaniyasi rahbari Oybek Ahmedov.

2022-yilda Vyetnamga turoperator orqali 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik tashrif buyurgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonga bir necha ming Vyetnam fuqarolari kelgan.

Oʻtgan yil oxiridan boshlab Vetnamning “VietJet Air” loukoster aviakompaniyasi Xoshimindan Toshkentga, soʻngra Kamrandan Toshkentga charter reyslarini amalga oshira boshladi.

Qishgi tanaffusdan so‘ng kompaniya may oyidan boshlab Xoshimindan Toshkentga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yish rejasini e’lon qildi.


Avvalroq “Spot” “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqanddan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Birinchi reys 1-iyunga belgilangan boʻlib, muntazam aviqatnovlar haftada uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар