• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +25.9°C
Detail image

“Spot” IT-yo‘nalishida ayollarning tutgan roli hamda qanday qilib ularni bu sohaga jalb qilish bo‘yicha “Innotech Group” kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori Yuliya Poslavskaya bilan suhbatlashdi.

U IT-sohasida 15 yildan buyon faoliyat olib boradi. “Nexign” va “Veeam Software” kabi yetakchi tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.


Yuliya Poslavskaya,

“Innotech Group” kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori, IT bo‘yicha ekspert.

Nazarimda, ayollarning ITda istiqboli katta. Lekin maktab, oliy o‘quv yurtidan boshlab ta’lim har doim ham qizlarga ushbu yo‘nalishda ta’lim olish imkoniyatini beravermaydi.

Sohani yopiq, faqat erkaklarga xos, tushunish va ishlash juda qiyin, degan stereotiplar mavjud. Lekin menimcha ularni yo‘q qilish vaqti keldi.

Hozir O‘zbekistonda turli xil platformalar yaratilayotganining guvohi bo‘lyapmiz. Ayniqsa, qizlarga ITning imkoniyatlarini taqdim etuvchi ta’lim dasturlari tashkil etilmoqda.

Bunga Markaziy Osiyo mamlakatlari qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Tumaris.Hack” hakatoni, kosmik texnologiyalar hamda dasturlash bo‘yicha bilimini oshirishga qaratilgan “UniSat” dasturini misol qilib keltirish mumkin.

Shuning uchun qizlarga ITni shunchaki kompyuterlar emas, balki veb-dasturlar, robototexnika, raqamlashtirish yoki internetda xavfsizlik bilan bog‘liq hamma narsa ekanligini singdirish kerak.

Bugungi kunda biznesni, iqtisodiyotni, umuman har qanday sohani raqamlashtirishda IT-sohasiga katta ehtiyoj bor, demakki, bu kasb nafaqat muhim, balki istiqbolli ekanidan dalolat beradi.

Oldingizga maqsad qo‘yib, ular tomon harakatdan to‘xtamang. IT erkaklarga xos deb o‘ylamang. U erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham birdek ochiq.

Masalan, men 15 yildan buyon shu sohada faoliyat yuritaman va prinsipial jihatdan butun faoliyatim ITga qurilgan, desa ham bo‘ladi.

Siz mamlakat kelajagini yaratuvchilardan biri hisoblanasiz. Chunki ko‘plab texnologiyalar kundalik hayotimizga kirib kelmoqda.

Shuningdek, sohada katta bo‘shliq mavjud bo‘lib, IT-kompaniyalarida tobora mutaxassislariga talab ortib bormoqda.

Sohaga kirib kelayotganlarga maslahatlar

Xo‘sh, qanday qilib o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lish mumkin. Bu haqida gap ketganida doim shaxsiy masalaga borib taqaladi. Negaki, ayollar uchun oila birinchi o‘rinda turadi. Qayd etish joizki, bu kasb boshqalariga nisbatan moslashuvchan ish jadvalini taqdim etadi.

Shuningdek, aksariyat kompaniyalar masofaviy ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa ayollarning oila bilan birga karyerasini ham davom ettirishiga zamin yaratadi.

Ikkinchidan, ITni ayollar erkaklarga nisbatan oson qabul qilib, sodda tilda tushuntira oladi. Murakkab narsalarni oddiy til va texnologiyada tushuntirish juda muhim.

Masofadan ishlash, moslashuvchanlik va boshqa jihatlari bilan ayollar bu yo‘nalishda o‘z kuchini ko‘rsata olishlari aniq. Bu juda murakkab bo‘lsada kelajakda cheksiz istiqbollarni ochishi mumkin.

To‘g‘ri, texnologiya tafsilotlarga ma’lum bir e’tiborni, qiziquvchanlik va yaratuvchanlik istagi yuqori bo‘lishini talab qiladi. Ayol-qizlarni IT-sohasiga jalb qilish haqida gap ketganida, ushbu yo‘nalishda ishlashni xohlovchilar birinchi navbatda qo‘rquvni yengishlari kerak.

Ikkinchidan, ta’limga sarmoya kiritish zarur, chunki IT tinimsiz izlanishni, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab qiladi. Nega bolalar bizlardan ko‘ra yaxshi fikrlashadi, chunki ularda stereotiplar yo‘q. Ular hech narsadan qo‘rqmaydilar. Biz ulardan shu qiziquvchanlikni o‘rganishimiz kerak.

Uchinchidan, IT nafaqat murakkab infratuzilma jarayonlarini, balki xilma-xillikni anglatadi. Shunga ko‘ra, har bir ayol-qizga mamlakatda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalaning, degan bo‘lardim.

Shuningdek, xorijiy kompaniyalar hamda IT-mutaxassislar tajribasini kuzatish zarur.

O‘zbekistondagi “IT Park” va boshqa tashkilotlar sohaga kirib kelmoqchi bo‘lganlarga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Texnologik rivojlanish bo‘lgan joyda ayollar ham yangi kasblarga moslashib boradi. Nazarimda, bu kabi loyihalar yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Masalan, avval “Amazon"da amaliyot o‘tab, hozir Dublindagi “Workday” kompaniyasida dasturchi muhandis (Software Engineer) sifatida faoliyat yuritayotgan Muhayyo Tashpulatova hikoyasini nashr qilgandik — “Spot” izohi.

Ўхшаш янгиликлар