• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27°C
Detail image

Hukumat qarori (297-son, 01.06.2022-y.) bilan “IT-Park University” raqamli universitetitashkil qilindi. Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari boʻyicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Ta’lim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi va talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

Universitetda oʻqitish masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa ta’lim shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Ўхшаш янгиликлар