• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

“C++ dasturlash tili”, Byerne Straustrup.

Mazkur kitob C++ dasturlash tili muallifi tomonidan yozilgan.

Qo‘llanmada ma’lumotlarga toʻliq tavsif berilgan uchun uning hajmi ancha katta hisoblanadi.

Kitob nafaqat C++ni o‘rganishni boshlaganlar uchun, balki tajribali foydalanuvchilar uchun ham qo‘llanma sifatida foydali bo‘ladi.

Lekin, kitob dasturlashda mutlaqo yangilar uchun tavsiya etilmaydi. Chunki taqdim etilgan ma’lumotlarni tushunish uchun ma’lum darajadagi bilimga ega bo‘lish kerak.


“C++ tiliga sayohat”, Byerne Straustrup.

Ushbu kitob C va C++ tillarida biroz tajribaga ega bo‘lgan va zamonaviy C++ tillari bilan tanishishni xohlovchilar uchun mljallangan.

Qo‘llanma C++ tilining barcha asosiy xususiyatlari va komponentlari haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan.

Mavzular juda chuqur yoritilgan boʻlmasa ham, lekin dasturchiga tilni tushunish va undan foydalanish boʻyicha amaliy maslahatlar bera oladi.



“Tezlashtirilgan C++”, Endryu Koenig, Barbara E. Mu.

Kitob mualliflari boshqalarga qaraganda ma’lumotlar taqdimotiga butunlay boshqacha yondashgan.

Ya’ni ma’lumotlar eng oddiy tushunchalar bilan emas, balki eng koʻp qllaniladigan, eng foydali boʻlganidan boshlanadi.

Oʻquvchi standart kutubxona bilan ham darhol tanishadi. Bu talabalarga dasturlarni darhol yozishni boshlash imkonini beradi.

Qoʻllanma tilning asosiy funksiyalarini tushuntiribgina qolmay, balki real muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini ham taqdim etishi bilan foydalidir.


“Samarali zamonaviy C++”, Skott Meyers.

Nomidan ham krinib turibdiki, u zamonaviy C++ tili haqida (C++11 va C++14 dan foydalanish) ma’lumotlarni beradi.

Kitobni til byicha bilimlarini chuqurlashtirish va uni qllash byicha yangi knikmalarga ega blishni istaganlarga tavsiya etish mumkin.

Muallif ma’lumotlarni taqdim etishda real muammolarni hal qilish, ilgʻor va murakkab C++ dasturlarini yaratishda yordam berishga e’tibor qaratgan.



“C++ tilidagi algoritmlar”, Robert Sedgvik.

Bu kitobda tilning zi haqida emas, balki C++ da amalga oshiriladigan misollari bilan algoritmlar haqida kerakli ma’lumotlar berilgan.

Undagi birinchi va toʻrtinchi blimlar asosiy algoritmlar, ma’lumotlar tuzilmalari, saralash va qidirishni z ichiga oladi.

Ular asosiy ma’lumotlar tuzilmalari va saralash, qidirish va tegishli ilovalar uchun algoritmlarning batafsil tavsifini beradi.

Toʻrtinchi boʻlimda tarmoqqa ulanish, elektron sxemalarni loyihalash, grafik yaratish, tranzaksiyalarni qayta ishlash va ta’minlash kabi turli xil ilovalarda tobora muhim rol ynaydigan grafik algoritmlari muhokama qilinadi.

Ўхшаш янгиликлар