• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

IHG Hotels & Resorts xalqaro tarmogʻi Toshkentda InterContinental brendi ostidagi mehmonxona ochadi. Bu haqda kompaniya saytida aytilgan.

InterContinental Tashkent poytaxt markazida, qurilayotgan Trilliant Business Park biznes markazida joylashadi. Sayyohlarga 216 ta xonani tanlash taklif etiladi, ulardan 40 tasi “lyuks”, shu jumladan, ikkita prezident klass turidagi xona mavjud boʻladi.

Mehmonxonada ikkita restoran, jumladan, biri landshaft bogʻi va lounge kafesi boʻladi. Shuningdek, 2500 kv metr konferens-markaz, 150 kv metr suzish havzasi, spa-klub, jakuzi, fitnes zal tashrif buyuruvchilar ixtiyoriga taqdim etiladi.

“InterContinental Tashkent maqsadli oʻsishga eʼtibor qaratish va yetakchi brendlarni yangi, mehmondoʻst joylarga olib chiqishga sodiqligimizning mukammal namunasi boʻladi”, dedi IHGning Yevropadagi rivojlanish boʻyicha vitse-prezidenti Vilgelmina Gels.

Mehmonxona 2022-yil oxirigacha ochilishi kutilmoqda. Kompaniyaning qayd etishicha, qurilishda ekologik vaziyatlar inobatga olingan — masalan, avtoturargohda elektromobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari oʻrnatiladi.

1946-yilda tashkil etilgan InterContinental mehmonxonalar tarmogʻi hozirda 200 dan ortiq mehmonxonalarni oʻz ichiga oladi. 2012-yilgacha kompaniya Toshkent shahrida mehmonxonaga ega boʻlib, hozirda International Hotel Tashkent brendi ostida faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq Spot Reikart tarmogʻining dastlabki ikkita mehmonxonasi Buxoro va Qoʻqonda ochilgani haqida xabar bergan edi.

Ўхшаш янгиликлар