• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

1100 dan ortiq tadqiqotchilar, muhandislar va tadbirkorlar sun’iy intellekt laboratoriyalariga GPT-4 dan yaxshiroq ishlaydigan tizimlarini darhol va kamida olti oyga to‘xtatishni so‘rab ochiq xat imzoladi. Maktub matni “Future of Life” instituti tomonidan chop etilgan.

Imzolovchilar orasida “SpaceX”, “Tesla” va “Twitter” kompaniyalari rahbari Ilon Mask, “Apple” hammuassisi Stiv Voznyak, futurolog Yuval Noa Harari, shuningdek, “Microsoft”, “Google”, “Skype” mutaxassislari va bir qancha universitet professorlari bor.

“Inson bilan solishtirish mumkin bo‘lgan sun’iy intellektga ega mahsulotlar jamiyat va insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin”, deb yozadi maktub mualliflari.

Qayd etilishicha, ular bilan ishlashda dasturchilar juda ehtiyot bo‘lishlari kerak, ammo buday holat sodir bo‘lmayapti.

Chunki so‘nggi bir necha oy ichida ular bir-birlaridan o‘zib ketishga va o‘zlari harakatlarini to‘liq tushuna olmaydigan ham nazorat qila olmaydigan kuchliroq modellarni chiqarishga harakat qilishmoqda.

Maktubda mualliflar odamlarning o‘rnini bosadigan yoki ko‘proq yangiliklar tashviqotini yaratadigan mahsulotlarni dasturlashni saylangan texnologiya yetakchilari amalga oshirishi kerakligini ta’kidlaydilar.

“Kuchli sun’iy intellekt tizimlari faqat ularning ta’siri ijobiy bo‘lishiga va xavflarni boshqarish mumkinligiga ishonchimiz komil bo‘lganda ishlab chiqilishi kerak”, deyiladi maktubda.

Hozircha sa’y-harakatlarni mavjud mahsulotlarni takomillashtirishga — ularni yanada aniqroq, xavfsizroq va shaffofroq qilishga qaratish kerak, deya ta’kidlanadi.

Bu texnologiya rivojini butunlay to‘xtatish kerak degani emas, deb yozadi mualliflar. Buning uchun faqat xavfli poygadan chiqish kerak.

Ular olti oy ichida kuchlarni birlashtirishni va bozor uchun yagona xavfsizlik qoidalarini, shuningdek, tajribalarni nazorat qilish usullarini ishlab chiqishni taklif qilmoqda.

Shuningdek, hukumatlar mahsulotlarni sertifikatlash, haqiqiy tarkibni sintetik tarkibdan ajrata olish va sun’iy intellekt modellarining sizib chiqishini nazorat qilish uchun agentliklarni shakllantirishga jalb qilinishi kerak, deydi ular.


Sun’iy intellekt tizimi

OpenAI ChatGPT’ni 2022-yil noyabr oyi oxirida taqdim etdi. Dastlabki besh kun ichida chat-botda 1 mlndan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Neyron tarmoq allaqachon maktab o‘quvchilari va talabalari uchun imtihonlar va boshqa hujjatlarni yuqori sifatli yozish, shuningdek, AQSh universitetlariga kirish bilan mashhur bldi.

Sun’iy intellektga asoslangan tabiiy tilni qayta ishlash algoritmi yaratuvchisi GPT oʻzining yangilangan, toʻrtinchi versiyasini chiqardi.

Mashina rganish texnologiyalari kompaniyasi OpenAI yangilangan GPT-4 til modelini namoyish etdi.

U nafaqat matnni, balki tasvirlarni ham tushuna oladi, ularni tavsiflaydi va tasniflaydi, matn tavsifidan kod hosil qiladi.

Ishlab chiquvchilar yangilangan til modeli test va imtihonlarni 100 balldan 90 balldan kprogʻiga topshirishga qodirligini ma’lum qildi.

OpenAI maʼlumotlariga koʻra, avvalgi GPT-3.5 modeli va yangisi oʻrtasidagi farq vazifa batafsil koʻrsatmalar talab qilinganda seziladi.

Yangi model ChatGPT chatbotida ChatGPT Plus obunasi mavjud.

Avvalroq “Google” ChatGPT’ga raqobatchi “Bard” chat-boti ishga tushirilishi haqida e’lon qilgandi.

“Bard chat-boti sinov bosqichiga o‘tishga tayyorlanmoqda va cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi hamda yaqin haftalarda hamma uchun ishga tushiriladi”, — dedi kompaniya bosh direktori Sundar Pichai.

Loyiha ijodkorlik vositasi va dunyoni o‘rganish platformasi sifatida tasvirlangan. Masalan, Bard to‘qqiz yoshli bolaga “Jeyms Uebb” kosmik teleskopining qurilishini tushuntira oladi, deyiladi xabarda.

ChatGPT singari, “Google"ning yangi xizmati internetdagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchi savollariga matnli javoblarni ishlab chiqaradi.

Keyinchalik “Alibaba” ham sun’iy intellekt chat-botini yaratayotgani haqida ma’lum qildi.

Ўхшаш янгиликлар