• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +4°C
Detail image

“Humo Air” xususiy aviakompaniyasi dastlabki reyslari uchun aviachiptalar sotuvini boshladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda Toshkentdan mamlakatning to‘rtta shahri — Nukus, Samarqand, Urganch hamda Qarshiga parvozlarni amalga oshirish belgilangan.

Har kunlik aviaqatnovlar Airbus A320 samolyotlarida olib borilib, barcha yo‘nalishlarga aviachiptalar narxi 159 ming so‘mdan boshlanadi.

Chiptalarni kompaniyaning flyhumo.com sayti orqali xarid qilish mumkin.

O‘tgan yilning oxirida Shveysariyaning “ValleyRoad Capital S.A.” sarmoyaviy kompaniyasi 27,2 mlrd so‘mga “Humo Air” kompaniyasining 100% davlat ulushini sotib oldi.

Oktabr oyida aviakompaniyaning rejalari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi matbuot anjumanida yil oxirigacha uchta Airbus A320 samolyoti xarid qilinishi aytilgandi. Kelasi uch oy ichida “Humo Air” 200 ming yo‘lovchini tashiydigan 1000ta reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Loukoster kompaniya Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch va Termizga kunlik parvozlarni amalga oshiradi. 2024-yili esa Olmaota, Istanbul va Dubayga parvozlarni boshlashi belgilangan.

Ўхшаш янгиликлар