• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22°C
Detail image

Iqtisodiyotdan davlat boshqaruvini chetlatish zarur — Zafar Hoshimov

“Korzinka” supermarketlari tarmog‘i asoschisi mamlakatning o‘sish sur’atini ushlab turish uchun qanday o‘zgarishlarni boshlash kerakligi bilan bo‘lishdi.


Oʻzbekiston banklaridagi avtokreditlar boʻyicha ma’lumot. 2022-yil noyabr oyi bo‘yicha

Mavjud 31 ta bankdan 22 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Iyun oyida berilgan sharhga nisbatan foiz stavkalari o‘rtacha 2%ga pasaygan.



Sayyorashunoslik bo‘yicha AQShning yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda faqat bakalavr talabalari ishtirok etishi mumkin bo‘lib, barcha xarajatlarni qoplash uchun $7300 miqdorida stipendiya ajratiladi.



O‘zbekistonda haydovchining xulq-atvorini kuzatuvchi texnologiyani yo‘lga qo‘yamiz — “Yandex Go"ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori

Kirill Svinsov “Spot” bilan suhbatda haydovchilarning pullarni naqdlashtirish jarayoni, yangi texnologiya va call-operatorlarning faoliyati haqida gapirdi.


IT bo‘yicha 5 ta kitob: Java

Ushbu to‘plam Java dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Uzbekistan Airways” keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma e’lon qildi. U joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun amal qiladi.
  2. IT-sertifikatlar uchun sarflangan mablag‘ning 50%gacha qismini qanday qaytarib olish mumkin. Kompensatsiyalar xalqaro tan olingan va talab yuqori bo‘lgan 161 ta IT-sertifikatlari uchun beriladi.
  3. “UniSat” dasturining ikkinchi oqimiga arizalar qabuli boshlandi. Unda 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etishi mumkin. To‘rt oylik dasturda kosmik texnologiyalar, radioelektronika, dasturlash kabi sohalar bo‘yicha bepul darslar o‘tiladi.
  4. $1 mln investitsiya kiritgan xorijiy shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi muhkamaga qo‘yildi.
  5. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilish so‘radi — “Financial Times”. Cheklovlar va tadbirkor aktivlarining muzlatilishi uning mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishiga to‘sqinlik qilishi ta’kidlangan.
  6. Rossiyaning “IThub” akademiyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bundan tashqari ta’lim kontentini o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
  7. “Apple"ning bozor qiymati $2 trlndan oshdi. “Bloomberg” nashrining ta’kidlashicha bu fond bozori tarixidagi Amerika kompaniyasi kapitallashuvining eng sezilarli o‘sishi bolgan.
  8. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni jadallashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri ma’lum qildi.
  9. Ilon Mask “Twitter” xodimlariga masofaviy ishlashni taqiqladi. Mazkur taqiqdan keyin xodimlar endi haftasiga kamida 40 soat vaqtini ofisda o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.
  10. O‘zbekiston oltin zaxirasi bilan rivojlanayotgan iqtisodlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichda — “Bloomberg”. Mamlakat $32 mlrd.lik zahiradagi qimmatbaho metal ulushini qariyb uchdan ikki qismiga yetkazdi.

Ўхшаш янгиликлар