• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +6°C
Detail image

O‘zbekistonda franchayzing. Bu nima uchun kerak va uning afzalliklari nimada?

“Spot” ekspert Aleksandr Lukyanov bilan birgalikda franchayzing nima, kimlar uchun mo‘ljallangan, uning qanday foydalari va xavflari mavjudligi haqidagi savollarga javob beradi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda avtokreditlar. 2023-yil may oyi bo‘yicha

Mavjud 34 ta bankdan 23 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan yetti yilgacha, 21%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Kompyuter xaridi uchun iste’mol kreditlari va kompensatsiyani qanday olish mumkin? Qo‘llanma

Ariza jo‘natish bepul bo‘lib, xizmatdan 30 yoshgacha bo‘lganlar foydalanishlari mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzlar: 2023-yil may oyi bo‘yicha

Mikrokreditni 23 ta bankda olish mumkin bo‘lib, 10 mldan 50 mln so‘mgacha berilishi mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

Spot iyun oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Xotin-qizlarga OTMlarda o‘qish uchun berilgan tavsiyanomalarning amal qilish muddati qancha?
    Agar talabgor o‘tgan yili tavsiyanoma olib, lekin OTMga kira olmagan bo‘lsa, tavsiyanomasi bilan joriy yilda ham hujjat toshirishi mumkin. Mazkur hujjat uch yil mobaynida faqat bir marta amal qiladi.
  2. Endi “Paynet” orqali ham naqd pul yechish mumkin bo‘ladi.
    Xizmat sinov tarzida joriy yilning 1-iyunidan ishga tushadi hamda 1-dekabrgacha davom etadi.
  3. O‘zbekistonda Xitoy bilan yana 11 ta quyosh va shamol stansiyalari quriladi.
    Mazkur loyihalarning jami qiymati $4,4 mlrdni, umumiy quvvati esa qariyb 5 gigavattni tashkil etadi.
  4. Rossiyada migrantlar va mahalliy aholining maoshlarini tenglashtirish taklif qilindi.
    Shuningdek, migrantlarning boshqa davlatlarga pul o‘tkazmalari uchun komissiya joriy etish taklifi bildirildi.
  5. OAV: Germaniya va O‘zbekiston migratsiya kelishuvi ustida ishlamoqda. Hujjat ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamda o‘zbekistonliklarga Germaniyada o‘qish va ishlash imkonini beradi.
  6. O‘zbekiston va Singapur rahbarlari yettita hamkorlik hujjatini imzoladi. Ular qanday?
    Ular orasida turizm, tadbirkorlik hamda iqtisodiyot kabi sohalardagi kelishuvlar mavjud.
  7. Alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish va sotib olish bo‘yicha taqiqlovchi me’yorlar belgilandi.
    Xususan, alkogol mahsulotlarini barcha turdagi jamoat transportida va jamoat joylarida iste’mol qilish taqiqlanadi.
  8. Xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tizimi joriy etiladi.
    Bunda 2023-yil 1-oktabrdan B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolarga tegishli yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100% qismi qoplab beriladi.
  9. “Silk Avia” kompaniyasi 1-iyundan yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
    Chiptalarni uch xil tarif asosida 1-iyundan 29-oktabrgacha bo‘lgan sanalar uchun sotib olish mumkin.
  10. Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha foto va video xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
    Unga ko‘ra, huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Ўхшаш янгиликлар