• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

1-iyundan ish haqi 12% ga oshiriladi

Bazaviy hisoblash miqdori 300 000 soʻmga, eng kam ish haqi 920 000 soʻmgacha oshiriladi.


Oʻzbekiston importidagi eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat nomi maʼlum boʻldi

Bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda, roʻyxatda Hindiston ham bor.


Sezilgan inflatsiya qariyb 15% ni tashkil etmoqda

Respondentlarning koʻpchilik qismi aprel oyida oʻsimlik yogʻi, shakar, non, qandolat va un mahsulotlari qimmatlaganini sezishgan. Ichimliklar, dukkakli mahsulotlar hamda aloqa va internet narxi biroz oshganini taʼkidlashgan.



Tesla narxi $150 mingni tashkil qiluvchi elektr yuk mashinalari uchun buyurtmalarni qabul qila boshladi

Elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshlash esa 2023-yilga moʻljallangan.



Oʻzbekistonda aprel oyida koʻchmas mulk narxi va ijara bahosi qanday oʻzgarib bordi

Ikkilamchi bozorda oʻrtacha uy-joy narxlari mart oyiga nisbatan 2,1% ga, Toshkent shahrida esa 1,3% ga oʻsdi.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Apple keyingi iPhone modellarini USB-C ulagichi bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Ushbu ulagichga ega smartfonlar 2023-yildan keyin chiqariladi.
  2. Endilikda yer uchastkasini masofadan turib xususiylashtirish mumkin boʻldi. Har bir jismoniy va yuridik shaxs oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkasini faqat oʻzigina sotib oladi. Bu auksionga qoʻyilmaydi va boshqa odam sotib olishi yoki boshqa odamga oʻtib ketishi mumkin emas.
  3. Qogʻoz ishlab chiqaruvchi SvetoCopy kompaniyasi Rossiyani tark etadi. Zavod mart oyida xomashyo yetkazib berishdagi muammolar tufayli ishni toʻxtatgan, keyinroq esa sariq qogʻoz ishlab chiqara boshlagandi.
  4. Chevrolet Qozogʻistonning birlamchi avtomobil bozorida yetakchilikni tikladi. Bir oy ichida brend savdosi deyarli ikki baravar oshdi. Eng mashhur model yana Cobalt.
  5. Yangi oʻzbeklar : 18 yoshida oyiga $2000 daromad qilayotgan IT- tadbirkor hikoyasi. Fond bozorida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun mobil ilova ishlab chiqqan va 25 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan freenlancer Kamron Zaripov Spotʼga qanday qilib maxsus kurslarga bormasdan dasturchiga aylangani, marketingni tushunmaydigan tadbirkorlar va kelajakdagi rejalari haqida soʻzlab berdi.
  6. “Oʻzbekkosmos” Starlinkʼning raqobatchisi bilan memorandum imzoladi. OneWeb sunʼiy yoʻldoshlari mamlakatning olis va borish qiyin boʻlgan hududlarida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkonini beradi.
  7. “Cobalt” va “Lacetti” yil boshidan beri UzAuto Motors ishlab chiqarishining 60% dan ortigʻini tashkil etdi. “Oʻzavtosavdo” botiga koʻra, ayni paytda bu mashinalar uchun minglab navbatlar mavjud.
  8. Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun birja xizmatlari toʻlovi bekor qilinadi. Xorijiy yetkazib beruvchilarga elektron raqamli imzoni majburiy olish tartibi bekor qilinadi.
  9. 2022-yil 1-iyundan tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi. Oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshlari 15% ga oshiriladi.
  10. Avtomobillar savdosida eng yuqori oʻsish Namangan viloyatida qayd etildi. Samarqandda esa xaridlar kamaygan. Joriy yilning mart oyiga nisbatan 15,1% ga sotuvlar hajmi koʻpaygan.
  11. Shanxayning karantinga olinishi fonida Xitoyning iqtisodiy oʻsishi 5 foizga pastladi. Savdo ikkinchi oydirki tushishda davom etmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi 2020 yildan beri birinchi marta pasaydi.
  12. Ayrim turdagi tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida oʻrnatiladi. Bu yangi qonun loyihasida qayd etilgan.
  13. IT Parkʼning rezidentlari soni va eksportlari hajmi keskin oshdi. IT Park rezidentlari eksporti hajmi oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshib, $17,3 mln.ni tashkil etdi.
  14. SpaceX kompaniyasining qiymati 125 milliard dollarga koʻtarildi. 2021-yil oktyabr oyida investorlar kompaniyani $100 mlrd.ga baholagan edi.
  15. Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qanday oʻzgarishlar kerak — Jahon Banki hisoboti. Jahon banki, xususan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklashni va inson kapitalini rivojlantirishni tavsiya qiladi.
  16. Oʻzbekistonda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan migrantlar uchun “50×50” dasturi joriy etiladi. Dastur doirasida 33 mln soʻmgacha garov taʼminotisiz ajratiladi.
  17. Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi. 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 382,3 ming ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
  18. Jizzax va Navoiy viloyatlarida yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulk sotib olish soni koʻpaydi. Aprel oyida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 23,4 mingtani tashkil etdi, bu joriy yilning mart oyiga nisbatan 15,1% ga koʻp
  19. Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 745 mln dollarga oshdi. Valyuta zaxiralari 332 mln dollarga, oltin zaxiralari 444 mln dollarga oshdi.
  20. Toshkentda avtobuslarga chiqish old eshikdan, tushish orqa eshikdan boʻladi. Kirish joyida yoʻl haqini haydovchi yonida oʻrnatilgan qurilma (validator)ga transport kartasini tekkizish orqali yoki naqd pulda toʻlash kerak.

Ўхшаш янгиликлар