• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Murat Barayev  — Xorazmdagi yirik issiqxona loyihasi ta’sischisi va rahbari.“Greenhouse Company” loyihasining egasi mavsumiy 1800 tonna pomidor va 180 tonna qulupnay yetishtirib beradi. Umumiy qiymati $8 mlnni tashkil etadi. Issiqxona maydoni Toshkentdagi “Ecopark” maydoniga teng. Tadbirkor Spot’ga biznesda yo’l qo’ygan xatolari va biznesmenlarga kerakli maslahatlar bilan bo’lishdi.

Maqsad va orzu, istak va intilish, maksimalizm va tashkilotchilik kabi omillar yoshlarni o’z g’oyalarini amalga oshirishga turtki beradi. Hamma ham biznesmen yoki tadbirkorga aylana olmaydi. Jamiyatga siyosatchilar, harbiylar, yuristlar, quruvchilar, nonvoy hamda oshpazlar va boshqa muhim kasb egalari zarur. Biz tushunishimiz kerak bo’lgan narsa shundan iboratki, tadbirkorning o’zi mahsulot, tovar va g’oyaga qo’shimcha qiymat beradi, uning qadrini belgilaydi.

Muvaffaqiyatga eltuvchi yo’l xato va kamchiliklarsiz kechmaydi. Biz ham bundan mustasno emasmiz.


1. Barchasini o’zingiz bajaring

Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsangiz — O’zingiz bajaring.

Agar siz tadbirkor bo’lsangiz, boshqaruvchi va jamoa lideri bo’lsangiz barcha vazifalarni o’zingiz bajarmang, balki, jamoa bilan ishlash ko’nikmasi shakllantirgan holda vazifalarni xodimlarga bo’lib berishingiz kerak. Sizning kuchli tomoninigiz noyobligingizda emas. Sizdan ko’ra aqlliroq, yosh va tajribaliroqlar bor. Siz brend, kompaniya va mahsulot sifatida kuchlisiz, chunki mas’uliyatli xodimlar jamoasi hamda mutaxassislar siz bilan faoliyat olib boradi.

2. Har doim o’qib izlanishda bo’ling. Tanqid foydali

Ishbilarmon, tadbirkor uchun ertami-kechmi g’oyalar sustlashuvi yuzaga keladi. Bu biznesga munosabatingizni o’zgartirish vaqti kelganligidan darak beradi. Har doim o’z ustingizda ishlash, soha bo’yicha bilimingizni kuchaytirib borish qanchalik qiyin bo’lmasin, boshqalarning maslahatlarini va bundan tashqari, tanqidni qabul qilish kerak.

3.Xodimlar bilan muloqotda bo’ling va ularni tinglang

Tadbirkor yoki rahbarning noqobilligi shundaki, u o‘z mahsulotining ishlab chiqarish jarayonini bilmaydi, mahsuloti nimadan iboratligini, mahsuloti qanday bosqich va qiyinchiliklarni yengib o‘tishini, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun xodimlari nimalarga duch kelishini bilmaydi. Ish jarayonidagi muloqot paytida, xodimlarga savollar berish va mas’ul shaxslarni diqqat bilan tinglash, doimo xabardor bo’lishingiz kerak.

4. Ishga bosqichma — bosqich yondashing

Muayyan vazifaga, muammoga, masalaga e’tibor qarating. Masalan, muammo xizmat ko’rsatish, mahsulot sifati, logistika va hokazolarda bo’lsa — sabab-ta'sir munosabatlarini o’rganing, ishtirokchilarni jalb qiling, boshqaruv markaziga kim mas’ul ekanligini aniqlang, muddatlarni belgilang va nazorat qiling.

Tez va aniq qarorlar qabul qiling. Uzoq ammo nisbatan xavf-xatarsiz yechimlarga shoshilmang. Qisqa hamda tez amalga oshirilgan takliflar yaxshiroqdir.

5. Foyda bilan bo’lishing va natijani raqamlarda o’lchang

Foyda ko’rdingizmi, uni xodimlar, hamkorlar bilan ulush oling. Hamma e’tiborni yaxshi ko’radi, hamma sovg’alar va bonuslarni yaxshi ko’radi. Bu muvaffaqiyat qonuni, siz har doim pul topasiz va uning miqdori ko’p bo’lmasligi mumkin, lekin sizning atrofingiz doimo adolatli va ochiq qo’l ekanligingizni bilishi kerak.

Mag’lubiyatlarni ham, yutuqlarni ham raqamlar bilan o’lchang: yo’qotilgan hayot yillari, pulda yo’qotilgan foyda, benzin litrlari, tungi uyqusiz soatlar va boshqalar. Odamlarga mavhum belgilanmagan masshtablardan ko’ra, aniq ma’lumotlarni idrok etish osonroqdir.

Ўхшаш янгиликлар