• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22.9°C
Detail image

Germaniyada avtomobil mexatronikasi (texnik) sohasida ishlash istagidagi o‘zbekistonliklar o‘qish va ishlash tizimi — ausbildungga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ausbildung davomiyligi 3 yilni tashkil etadi hamda joriy yilning sentabridan boshlanadi.

Qabul qilinganlarga beriladigan oylik stipendiya 930 yevrodan boshlanadi.

Shuningdek, viza, aviachipta va transfer hamda sug‘urta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi hamda arzonlashtirilgan yashash joy topishga yordam beriladi.

Nomzodlar 20−35 yoshgacha bo‘lishi, nemis tili bo‘yicha Gyote, ECL yoki TELCdan B1 sertifikatiga hamda o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lishi kerak.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Bunda nomzodlardan xorijga chiqish pasporti, til bilish sertifikati hamda nemis tilidagi tarjimai holini (Lebenslauf) yuklash so‘raladi.

Batafsil ma’lumotni +998 71−202−33−55 raqami orqali olish mumkin.

Avvalroq ham mexatronika va elektronika yo‘nalishida Germaniyaga ausbildungga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар