• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Fransiya kompaniyalari bilan amalga oshirilishi belgilangan loyihalarni boshlash jarayonlari tezlashtirilishi mumkin. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha vazir Laziz Kudratov hamda Fransiya Tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va chet eldagi fuqarolar ishlari bo‘yicha delegat vaziri Oliver Besht o‘rtasida o‘tkazilgan videokonferensiyada ta’kidlangan.

Unda tomonlar energetika, suv ta’minoti, turizm, transport va logistika sohalarida erishilgan kelishuvlarni joriy etish doirasida hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Xususan, “Orano Mining” kompaniyasi bilan konchilik sanoatida foydali qazilmalarni ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatlarini oshirish bo‘yicha muzokalar olib borildi.

Shuningdek, “Eiffage” va “Suez” kompaniyalari tomonidan Yakkabog‘-Qarshi magistral suv quvuri qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlashni tezlashtirish muhokama qilindi.

Navbatdagi muhokamada esa “Alstom” va “ATR” kompaniyalari bilan transport sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni tashkil etish haqida so‘z yuritildi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Fransiya bilan bir qator kelishuvlar amalga oshirilgandi. Xususan, mumiy qiymati 6 mlrd yevrodan ortiq savdo-iqtisodiy bitim va shartnomalar imzolandi hamda Samarqandda Fransiya alyansining bo‘linmasi ochilishi belgilandi.

“Suez” direktorlar Kengashi bilan Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatining suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhokama qilingandi.

Kompaniya shaharlarda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qattiq chiqindilarni boshqarish loyihalarida hamkorlikni kengaytirish istagida.

Shuningdek, “Eiffage” kompaniyasi bilan Yakkabog‘-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha magistral suv quvurini o‘tkazish loyihasini amalga oshirish muhokama qilingandi.

Mazkur quvurning uzunligi 82 km bo‘lib, suv saqlovchi 4 ta suv havzasi mavjud.

Ўхшаш янгиликлар