• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9.1°C
Detail image

Samarqandda o‘tkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida bir qator kelishuvlar amalga oshirildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Mastercard” inklyuziv taraqqiyot markazi YeTTB bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Hujjat Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirish va kichik biznes egalari, ayniqsa ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.

O‘zbekiston hukumati bilan YeTTB o‘rtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yo‘lga uchun $49 mln.gacha suveren kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va TAQA Energetika kompaniyasi o‘rtasida umumiy quvvati 1600 MVt gacha bo‘lgan kombinatsiyalashgan gaz-turbinali uskunani o‘rnatish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha $1,2 mlrd.lik bitim imzolandi.

“Masdar” kompaniyasi blian Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi o‘rtasida ham bitim imzolandi. Hujjat quvvati 2150 MVt va 500 MVt bo‘lgan foto va shamol elektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish hamda unga $2,6 mlrd mablag‘ yo‘naltirishni nazarda tutadi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash loyihasi bo‘yicha $300 mlnlik moliyaviy va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zsuvta'minot” va Fransiyaning “Suez” kompaniyasi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha umumiy qiymati $500 mln.lik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

“ACWA Power” kompaniyasi bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida “Yashil vodorod” loyihasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati $88 mln.lik investitsiya shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, YeTTB “Uzbekistan Airports"ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida aeroport uskunalarini modernizatsiya qilish uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi.

Xususan, bank mablag‘lari hisobidan yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan to‘ldirish va hojatxona bo‘limlariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, YeTTBning moliyalashtirishi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi”, — dedi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

Bundan tashqari, YeTTB va “Uzbekistan Airports” o‘rtasida 1 mln yevrodan ortiq grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishligan.

Buning bir qismi sifatida bank asosiy biznes-jarayonlarni optimallashtirish va shu orqali “Uzbekistan Airports” va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilishni ko‘zda tutadi.

Avvalroq YeTTB Nukusda shamol elektr stansiyasini qurishga $19 mln yo‘naltirishi haqida xabar berilgandi. Bu bo‘yicha “ACWA Power” kompaniyasi bilan kredit shartnomasi imzolangan. Mazkur stansiyaning umumiy quvvati 100 MVtni tashkil etishi ta’kidlanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар