• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

Markaziy bankning 2024-yil 1-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12496 so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 12-fevralda belgilangan 12484 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qariyb 12 so‘mga qimmatladi.

1-mart kuni “KDB Bank Uzbekistan"da sotish kursi 12560 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12550 so‘mdan 12490 so‘mgacha belgilandi.

Sotib olish narxi esa 12400 so‘mdan 12440 so‘mgacha belgilandi.

Markaziy bankning 22-fevraldagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12508 (+19,52) so‘mni tashkil qilgandi.

23-fevral kuni esa valyuta birjasida dollar kursi 18 so‘mga pasayib 12490 so‘mni tashkil qildi. 26-fevralda dollar kursi 9 so‘m 10 tiyinga pasayib, 12480 so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.

Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.

Ўхшаш янгиликлар