• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +10°C
Detail image

“Budjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-208-son, 15.04.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022-yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar oshirib bajarilgan qismidan hududiy budjetlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning 40 foizi respublika budjetida qoldiriladi.

2022-yil 1-maydan davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalaridan Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalar qilish toʻxtatiladi.

️ 2022-yil aprel-dekabr oylarida davlat organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda jamgʻarmadagi boʻsh turgan pullarni bankka joylashtirish orqali olinadigan daromadlarning 15 foizi respublika budjetiga oʻtkaziladi.

️Davlat organlari joriy yil yakunigacha asosiy vositalarni xarid qilishi hamda bino va inshootlarni ta’mirlashi taqiqlandi (maktablar, bogʻchalar, tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylari mustasno).

️ Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻini hisoblashda minoralar, koʻpriklar (estakadalar), rezervuarlar (oʻt oʻchirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) soliq bazasi sifatida koʻrilmaydi.

Ўхшаш янгиликлар