• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +10°C
Detail image

Avvalroq 25-maydan “Chevrolet Tracker” va “Onix” avtomobillari uchun shartnomalar tuzish boshlanishi haqida xabar berilgandi.

“UzAuto Motors” kompaniyasi yangilangan komplektatsiyalar qatori uchun shartnomalar tuzish boshlanganini ma’lum qildi.

Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qolgan hamda quyidagi modellarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin:

“Chevrolet Tracker”

Avvalgi komplektatsiyalar:

  • LS — 211 454 880 so‘m.
  • LTZ — 231 196 000 so‘m.
  • Premier — 251 142 080 so‘m.

Qo‘shimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

  • LS Plus — 223 824 160 so‘m.
  • LTZ Plus — 246 981 280 so‘m.
  • Premier Plus — 276 016 160 so‘m.
  • Redline — 285 834 080 so‘m.

“Chevrolet Onix”

Avvalgi komplektatsiyalar:

  • Premier 1 — 207 347 000 so‘m.
  • Premier 2 — 214 748 000 so‘m.

Qo‘shimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

  • Premier 2 Plus — 221 640 160 so‘m.
  • Redline — 230 624 800 so‘m.

“Chevrolet Tracker” va “Onix” avtomobillarining barchaga tanish komplektatsiyalarida bo‘lgan asosiy opsiyalariga qo‘shimcha ravishda, Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa o‘rindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qo‘shimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanishi qayd etilgan.

“Chevrolet Tracker” va “Onix” avtomobillarining “Redline” komplektatsiyasi ham xuddi avvalgilaridek, dizayn va qizil chiziqlari mavjud.

May oyi boshida “UzAuto Motors” kompaniyasi “Onix” va “Tracker” uchun buyurtmalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi.

Ўхшаш янгиликлар