• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +6.9°C
Detail image

2021-yil Buxoro viloyatiga qariyb 49 ming nafar xorijiy sayyohlar kelgan bo‘lsa, 2022-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 65 ming nafardan oshdi. Bu haqda Senatning 29-yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Ichki turizmda ham o‘sish kuzatilib, mahalliy sayyohlar soni 2021-yilda 2,5 mln. nafarni, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida esa 698 mingni tashkil etdi.

O‘tgan yildan buyon viloyatda 28 ta yangi mehmonxona, 29 ta xostel, 45 ta oilaviy mehmon uyi tashkil etilib, joylashtirish vositalarining umumiy soni 400 tadan ortdi.

Ulardagi o‘rinlar soni esa qariyb 11 mingga yetkazilishi ta’minlangan.

So‘nggi bir yarim yil davomida turistlarga ko‘rsatilgan mehmonxona, ovqatlanish, madaniy ko‘ngilochar, savdo kabi xizmatlar eksporti 2,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Hozirda Buxoroda Dubay, Jakarta, Kuala-Lumpur, Lahor, Dushanbe shaharlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.


Avvalroq “Spot” “Time” nashri O‘zbekistonni 2022-yilning eng zo‘r joylari ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergandi.

Amalga oshirilayotgan yangi loyiha va kashfiyotlar turistlarning mamlakatni o‘rganishini osonlashtirmoqda.

Ўхшаш янгиликлар