• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22.1°C
Detail image

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan joriy yilning birinchi choragi uchun “Banklar faollik indeksi” hisoblandi va unga asosan banklarning reytingi yangilandi. Bu haqda markaz “Spot"ga ma’lum qildi.

Mazkur indeks mamlakatdagi 29 ta tijorat banklari uchun, banklarning hajmiga qarab katta (17 ta) va kichik (12 ta) banklarga guruhlangan holda hisoblangan.

Indeksni hisoblashda 21 ta ko‘rsatkich bo‘yicha quyidagi 7 ta yo‘nalish baholandi:

  • moliyaviy vositachilik;
  • moliyaviy ommaboplik;
  • kapitalning yetarliligi;
  • aktivlar sifati;
  • boshqaruv samaradorligi;
  • rentabellik;
  • likvidlilik.

Asosiy ko‘rsatkichlar

1-mart holatiga mamlakat bank tizimi aktivlari 561,8 trln so‘mni tashkil etmoqda. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,6%ga o‘sgan.

Shuningdek, majburiyatlari 480 trln so‘m (o‘sish 31,6%), kreditlar qoldig‘i 398 trln so‘m (21,5%) hamda depozitlar 211 trln so‘mni (42%) tashkil etadi.

Bank tizimi aktivlarining 78%, kredit portfelining 82,5%, hamda depozitlarning 62,1% 11 ta davlat ulushi mavjud banklar hissasiga, qolgan qismi xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, kredit qo‘yilmalarining depozitlarga nisbati davlat banklarida 251%ni, boshqa banklarda ushbu ko‘rsatkich 87%ni tashkil qilgan.

Qaysi banklar yetakchi

Yirik banklar reytingida “Kapital bank” yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lsa, “Asia Alliance bank” 1 pog‘onaga ko‘tarilib, reytingning uchinchi pog‘onasiga tushgan “Hamkor bank” bilan o‘rin almashdi.

“Trast bank” ketma-ket uchinchi chorak uchun reytingda o‘z mavqeini yo‘qotmoqda.

Mazkur bank yana 1 pog‘onaga pastladi va 5-o‘rinni egallab, “Ipak yo‘li bank"ka o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

banklar, banklar indeksi, faollik indeksi

Shu bilan birga, “Ipoteka bank” va “Milliy bank” 2 pog‘onaga, “Xalq bank”, “Orient Finans bank” va “Asaka Bank” 1 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, “Invest Finans bank” va “Agrobank” bir yo‘la 3 pog‘onaga, “Turon Bank” 1 pog‘onaga pastlagan, qolgan banklar o‘z o‘rinlarini saqlab qolgan.

Davlat ulushi mavjud yirik banklardan faqat “Agrobank” va “Turon bank” pastladi va mos ravishda 14 va 17-o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga “Agrobank” mazkur chorakda faqat kapital yetarlilik va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha pastlagan bo‘lsa, “Turon bank"ning daromad olish salohiyati ko‘rsatkichi sezilarli pasaygan.

Kichik banklar reytingida “Davr bank”, “Universal bank” va “Ziraat bank” yetakchi o‘rinlarni saqlab qolgan bo‘lsa, “TBC bank” 2 pog‘onaga ko‘tarilib 4-o‘rinni egallagan.

“TBC bank"ning kapital yetarliligi bo‘yicha ko‘rsatkichi sezilarli pasaygan bo‘lsada, daromad olish salohiyati hamda boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi reytingdagi o‘rni ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

banklar, banklar indeksi, faollik indeksi

“Tenge bank”, “Anor bank”, “Poytaxt bank” va “O‘zagroeksport bank” 1 pog‘onaga pasaydi.

Shu bilan birga, “Madad invest bank” va “Garant bank” 1 pog‘onadan ko‘tarildi.

“Ravnaq bank” va “O‘zKDB” bank o‘tgan davrga nisbatan o‘z mavqeini saqlab qoldi.

2022-yilning to‘rtinchi choragida yirik banklardan “Kapitalbank”, kichik banklardan esa “Davrbank” yetakchilik qilgandi.

Ўхшаш янгиликлар