• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18.1°C
Detail image

IT Park University O‘zbekistonda IT sohasida amaliy ta’limga yo‘naltirilgan birinchi universitetlardan biridir.

Universitet yetakchi xalqaro IT kompaniyalardan biri EPAM Systems tomonidan O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi IT Park bilan birgalikda tashkil etilgan.

it park university, reklama

Asosiy ta’lim yo‘nalishi — “Dasturiy ta’minot muhandisligi”.

Bundan tashqari, talabalar o‘qishni tugatgandan so‘ng darhol ishlash imkonini beruvchi beshta talabgir amaliy mutaxassisliklardan birini o‘zlashtiradi:

  • Back-End dasturchisi;
  • Front-End dasturchisi;
  • Full-Stack dasturchisi;
  • Mobile dasturchi;
  • avtomatlashtirilgan sinov bo‘yicha mutaxassis.

IT Park University ta’lim boshqa universitetlardan ajratib turadigan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega. Ular bilan tanishib chiqqach, bo‘lajak talabalarga qayerda ta’lim olishni tanlash osonroq bo‘ladi.

Universitetning afzalliklari

IT Park University`da o‘qishning afzalliklari:

  • amaliyotchi o‘qituvchilar. 70% o‘qituvchilar — xalqaro IT kompaniya bo‘lmish EPAM`ning amaldagi dasturchilari;
  • amaliyotga urg‘u. 50% darslar amaliy mashg‘ulotlardan tashkil topgan. Shuningdek, talabalar o‘qish davomida to‘rt marta amaliyot o‘taydi;
  • xalqaro ta’lim. Talabalar ularning dunyoqarashini kengaytiradigan va xalqaro tajriba orttirish imkonini beradigan xorijiy amaliyotlarda qatnashadi;
  • sanoatga “sho‘ng‘ish”. Talabalar IT kompaniyalarida majburiy stajirovka o‘taydilar. Ilg‘orlari esa xalqaro amaliyotga yuboriladilar;
  • Soft Skills. Talabalar tashkilotchilik, qaror qabul qilish, biznes-kommunikatsiya, nizolarni hal qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini egallaydi;
  • rezyume uchun tajriba. O‘qish yakunida talabalar yetakchi IT kompaniyaga ishga joylashishda yordam beradigan oltitadan ortiq individual loyihalardan iborat portfolioga ega bo‘lishadi;
  • ta’lim formati. Ma’ruzalar onlayn tarzda o‘tkazilishi sababli talabalar istalgan joydan turib ta’lim olishlari mumkin. Ta’lim formatining gibrid xususiyati shundan iboratki, asosiy imtihonlar semestrda ikki marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentdagi IT Park University binosida o‘tkaziladi.

it park university, reklama

Talabalik hayoti turli tadbirlar va uchrashuvlar, talabalarning havaskorlik to‘garaklarida qatnashish kabi imkoniyatlarga boy. Universitetda har bir klub talabalar har tomonlama rivojlanishi uchun eshiklarni ochadi.

ITPU`ga qanday kirsa bo‘ladi?

Bakalavr dasturiga o‘qishga kirish uchun quyidagilar lozim:

  • kollej, litsey yoki maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish va kirish imtihonini topshirish;
  • diplom yoki attestat hali olinmagan bo‘lsa, o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etish. Hujjatlarni universitet sayti orqali topshirsa bo‘ladi.

it park university, reklama

Imtihon

Jarayonda ikkita imtihondan o‘tish talab qilinadi:

  • ingliz tilidan: har biri 20 ta test savolidan iborat 2−3 qism;
  • matematikadan: 20 ta test savoli va 3 ta qiyinchilik darajasi.

Agar sizda IELTS sertifikati 5 ball va undan yuqori yoki boshqa ekvivalenti bo‘lsa, ingliz tili imtihonidan ozod bo‘lasiz.

O‘qish narxi: yiliga 22 mln so‘m. O‘qish davomiyligi: 4 yil. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi.

Qabul hamda imtihon uchun arizalarni quyidagi havola orqali topshirish mumkin.

IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro karerani IT Park University bilan boshlagan ma’qul.

Telegram-bot: t.me/ITPU_bot .
Instagram: @itpu_uz

Reklama huquqlari asosida.

Ўхшаш янгиликлар