• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

AQShda o‘tkaziladigan “Reno-Tahoe Accelerator” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda barcha tarmoq va biznes modellari bo‘yicha startap loyihalar ishtirok etishlari mumkin.

Qabul qilingan startaplar $100 ming va 12 haftalik mentorlikka asoslangan dasturlarni olishadi.

Tanlangan beshta kompaniya dastur davomida Renoda bo‘lishi va undan keyingi bir yil davomida Nevada shtatida yaxshi ko‘rsatkichlar bilan ishtirok etishi kerak.

Arizalarni joriy yilning 11-iyunigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Gener8tor” startap asoschilari, investorlar, korporatsiyalar, ish izlovchilar, universitetlar, musiqachilar va rassomlarni birlashtirgan milliy darajadagi venchur kapital firmasi hisoblanadi.

Kompaniya platformasi startap loyihalar, korporativ dasturlash, ma’ruzachilar seriyasi, konferensiyalar hamda stipendiya kabilardan iborat 75 dan ortiq dasturni o‘z ichiga oladi.


Avvalroq Singapurda o‘tkaziladigan “SLINGSHOT” startap tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар