• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +19°C
Detail image

Toshkentda ikkinchi xalqaro investitsiya forumi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot xizmati.

Unga ko‘ra forum joriy yilning 27−28-aprel kunlari “Congress Hall Tashkent City"da o‘tkaziladi.

Forumda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda ishtirok etish uchun 20-aprelgacha havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

2022-yili o‘tkazilgan birinchi forum yakunlari bo‘yicha $7,8 mlrd.lik shartnoma va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolangandi.

Shuningdek, qiymati $3,5 mlrd.lik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ўхшаш янгиликлар