• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +25.1°C
Detail image

“Apple” kompaniyasi kapitallashuv byicha $3 trln.lik chegarani bosib tishga harakat qilmoqda, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidan buyon “Apple” aksiyalari 35%ga qimmatlashgan, bozor qiymati esa $690 mlrd.ga oshgan.

Qayd etilishicha, hozir kompaniyaning kapitallashuvi deyarli $2,76 trln.ni tashkil etadi.

“Apple"ning bozor qiymati 2022-yilning 3-yanvarida savdolar chog‘ida, dunyoda birinchi bo‘lib $3 trln.dan oshdi.

Oʻshanda kompaniya butun Buyuk Britaniya iqtisodiyoti yoki Germaniya fond bozoridan qimmatroq edi.

Biroq kompaniya savdo kunini $3 trln darajasidan yuqoriroq yakunlay olmadi, shundan keyin uning aksiyalari pasayish davrini boshladi.

Rekorddan bir yil o‘tib, “Apple"ning bozor kapitallashuvi 2 trln.dan pastga tushdi. Umuman olganda, 2022-yilda kompaniya aktiyalari qiymatining 27%ini yo‘qotdi.

“Sarmoyadorlarni „Apple“ daromadining kuchliligi va katta pul oqimi qiziqtiradi”, — deb yozadi “Bloomberg”.

Kompaniya aksiyalarini hedj-fondlar, institutsional va chakana investorlar, shuningdek, dunyodagi eng mashhur investorlardan biri, milliarder Uorren Baffet afzal ko‘radi.

2022-yilda investorlar ehtimoliy retsessiya, AQSH banklarining qulashi va davlat qarzi chegarasi darajasidan qoʻrqib, odatda eng yirik kompaniyalarning hujjatlarini tanlamoqda.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi xorijiy kompaniyalar haqida yozgandi. Unda “Apple” “Meta” va “Google” kompaniyalaridan keyingi o‘rinda turibdi.

Ўхшаш янгиликлар