• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +23.1°C
Detail image

“Apple” aqlli ko‘zoynaklar va kameralari bo‘lgan “AirPods” chiqarishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.

“Bloomberg” sharhlovchisi Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan aqlli ko‘zoynaklar va kamerali AirPodlarni ishlab chiqishni rejalashtirgan.

Bu konsepsiyalar tadqiqot bosqichida va aniq mahsulotlar emas, ularning qachon taqdim qilinishi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan.

“Apple"ning aqlli ko‘zoynaklari “AirPods"ga muqobil bo‘lib, qo‘shimcha sensorlar, sun’iy intellekt xususiyatlari va batareyaning ishlash muddatini uzaytiradi.

Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘zoynaklar kamera va sun’iy intellekt yordamchisi bilan jihozlangan, ammo displeysiz “Meta Ray-Ban” bilan taqqoslanadigan bo‘ladi.

Avvalroq “Apple” buklanadigan iPhone prototiplarini ishlab chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, “Apple” to‘qqiz dyuymli displeyli iPad Mini o‘lchamidagi yig‘iluvchi planshet ustida ham ishlamoqda.

Bundan tashqari, “Apple” yaqin oylarda aqlli uzukni taqdim etishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, kompaniya barmoqqa taqiladigan qurilmaning bir nechta variantini patentlagan.

Ўхшаш янгиликлар