• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

Abu-Dabi milliy energetika kompaniyasi (TAQA) Oʻzbekistonda yangi va mavjud elektr stansiyalariga $3 mlrd.dan ortiq sarmoya kiritadi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Kompaniya O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat energetika sohasida strategik sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘rganish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.

Bitimlar “Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi” yonida qurilishi rejalashtirilgan quvvati qariyb 1,5 GVt bo’lgan yangi kombinatli elektr stansiyasi bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

“Yangi hamkorlik TAQA tomonidan loyihalash, moliyalashtirish, muhandislik, xarid qilish, ishga tushirish, sinovdan o‘tkazish, egalik qilish va elektr stansiyasini ishlatishni qamrab olishi kutilmoqda”, deyiladi kompaniya matbuot xizmati.

Shartnomalarda umumiy quvvati 3 GVt dan ortiq bo‘lgan mavjud va yangi gaz bilan ishlaydigan elektr stansiyalari hamda O‘zbekistondagi elektr energiyasini uzatish va taqsimlash infratuzilmasiga sarmoya kiritish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, kelishuvni imzolash marosimida “TAQA"ga tegishli “ADNOC” va “Mubadala” bilan birgalikdagi “Masdar” kompaniyasi Oʻzbekiston Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma imzoladi.

Shartnomaga umumiy quvvati 2 GVt dan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, respublika bo‘ylab bir qancha obyektlarda energiya saqlash uchun 500 megavatt-soat akkumulyatorlarni o‘rnatish kiradi.

Avvalroq OTB “Masdar” kompaniyasining O‘zbekistondagi uchta quyosh elektr stansiyasi loyihasi uchun jami $102 mln yo‘naltirishi haqida xabar berilgandi.

"TAQA" — “ADQ” investitsiya xoldingiga tegishli energiya kompaniyasi boʻlib, dunyoning 11 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi. Kompaniya aktivlarining umumiy qiymati $80 mlrd.dan oshadi.


Avvalroq “Spot” yana ikkita bank “Masdar” kompaniyasiga O‘zbekistondagi uchta quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi uchun kredit ajratgani haqida yozgandi.

Xususan, “OIIB” hamda “YIB” har biri $83,6 mln yo‘naltiradi. Natijada, jami moliyalashtirish paketi “OTB” va “YeTTB” mablag‘larini hisobga olgan holda $396,4 mlnni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар