• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

2022/2023-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.

Roʻyxatdan oʻtkazish 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti — my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Taʼlim yoʻnalishlarini esa 2022/2023-oʻquv yili uchun qabul parametrlarining taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻng tanlash mumkin boʻladi.

Ўхшаш янгиликлар