• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +19°C
Detail image

Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi “Onix” va “Tracker” uchun buyurtmalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi. Bunga esa ushbu modellarning konfiguratsiyasi yangilanishi sabab ekanligi qayd etilgandi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Chevrolet Tracker” va “Onix” avtomobil modellari uchun 25-maydan shartnomalar tuzishni boshlanadi.

Xususan, “Chevrolet Onix” avtomobilining barchaga tanish olti komplektatsiyasi va “Chevrolet Tracker"ning uch komplektatsiyalariga qo‘shimcha yangi “Premier Plus” va “Redline” modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin.

Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qolishi ham ta’kidlanmoqda.

Yangilangan “Primier Plus” va “Redline” komplektatsiyalari xuddi boshqa komplektatsiyalaridek “UzAuto Motors"ning Asakada joylashgan avtozavodida kuzov payvandlash, bo‘yash va yig‘ish kabi ishlab chiqarishning to‘liq sikli asosida ishlab chiqariladi.

Joriy yilning sentabrida “Premier Plus” va “Redline” komplektatsiyalarini ishlab chiqarishga start berish rejalashtirilgan.

Xususan, quyida keltirilgan modellar uchun kontraktatsiya shartnomasini tuzish mumkin bo‘ladi:

Chevrolet Tracker:

  • LS
  • LS Plus
  • LTZ
  • LTZ Plus
  • Premier
  • Premier Plus
  • Redline

Chevrolet Onix:

  • Premier 1
  • Premier 2
  • Premier 2 Plus
  • Redline

Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi “Cobalt” va “Lacetti” narxlari oshishi haqidagi xabarlarni rad etib, 1-iyundan mazkur avtomobillar narxi ko‘tarilishi belgilanmaganini ma’lum qilgandi.

Ўхшаш янгиликлар