• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +19°C
Detail image

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishib, muhim ko‘rsatmalar bergandi.

“UzA"ning ma’lum qilishicha, joriy yil 1-sentabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15%gacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengash"lari tashkil etilishi belgilanmoqda.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash mazkur kengash tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

2024-yildan bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi.

Joriy yilning 1-oktabridan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan “Barkamol avlod” maktablari tashkil qilinadi.

2024-yilning 1-aprelidan “Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.


Avvalroq Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilgandi.

Ўхшаш янгиликлар