• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali;
  • 2022-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi;
  • 2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi.

Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tomonlarning oʻz mablagʻlari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markaziga:

  • haftalik, oylik va yillik asosda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari kesimida oʻrtacha shakllangan narxlar boʻyicha maʼlumotlarni doimiy ravishda joylashtirish;
  • respublikadagi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari boʻyicha roʻyxatni shakllantirish va doimiy ravishda yangilab berish topshirildi.

Avvalroq Spot sayyor savdo hududi auksionda 240 barobar qimmatroqqa sotilganligi haqida yozgan edi.

Ўхшаш янгиликлар