• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Toshkent va Namanganda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan

Tekshiruvda “Y.M” MChJ rahbari M.M. “Ahmad Yassaviy” MFYda joylashgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 495,1 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tuman GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Yangidarxon” MFYda yashovchi fuqaro B.A. yashash xonadonida issiqxona tashkil etib, uni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 358,5 million so‘m tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “M.S” xususiy korxonasi ish yurituvchisi V.M. korxonaga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 270,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.K” MChJ rahbari Sh.M. umumiy ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 127,9 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар