• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Avtomashina haydovchisiga nisbatan MJTKning 128-5- moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Joriy yilning 29 fevral kuni BYD rusumli avtomashina haydovchisi, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan  B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128-5- moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Haydovchi, unutmang, yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.

Ўхшаш янгиликлар