• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

Cling Band – bu bir qurilmaga birlashtirilgan smartfon va aqlli soat. 

Foto: Android Headlines

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi MWC 2024 texnologik ko‘rgazmasida bilaguzukka aylanadigan moslashuvchan smartfon konsepsiyasini namoyish etdi. Yangi mahsulot Cling Band deb nomlanadi. 

Samsung Cling Band – bu bir qurilmaga birlashtirilgan smartfon va aqlli soat, deb yozdi Android Headlines. U oddiy smartfon hajmidagi egiluvchan OLED displey bilan jihozlangan. Yig‘iladigan mexanizm tufayli uni bilakka o‘rash va ulkan displeyli soatga aylantirish mumkin. 

Avvalroq, Motorola ham shunga o‘xshash narsani ko‘rsatgan edi. Ammo Samsung konsepsiyasi yurak urish tezligi sensorini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni u ham fitnes-trekerning bir turi. Orqa kamera ham mavjud, ammo uning o‘lchamlari haqida hech narsa ma’lum emas. Konseptli telefonning xususiyatlari ham oshkor etilmagan. 

Bu konseptual qurilma bo‘lgani uchun narx yoki ishlab chiqarish sanasi yo‘q. Ammo, mutaxassislar fikriga ko‘ra, yaqin yillarda yangi shakl omillarida moslashuvchan smartfonlar, shu jumladan, bir vaqtning o‘zida smartfon va soat sifatida foydalanish mumkin bo‘lganlarni ko‘rishimiz mumkin. 

Ўхшаш янгиликлар