• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Eronning Hamadon shahrida Buxoro viloyati va mahalliy ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamlakat Hamadon shahrida Buxoro viloyati va mahalliy ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston investitsiyaviy hamda sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot va B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev taqdimotning ochilish qismidagi nutqida mamlakat sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati, xususan, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo aylanmasi mavjud salohiyatga javob bermasligi va o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

Hamadon Savdo-sanoat, konlar va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Rahim Mortazai ikki tomonlama savdo hajmini oshirish borasida yuqori natijalarga erish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Ўхшаш янгиликлар