• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

50 yoshli erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlangan.

Foto: Kun.uz

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2024 yil 1 mart kuni sodir bo‘lgan.

Beshariq tumani Obodon ko‘chasida yashagan 1973 yilda tug‘ilgan erkak va uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ko‘zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, marhumlarning o‘limi bo‘yicha sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 6 kishidan iborat oila a’zolari qo‘lbola pechdan chiqqan is gazidan zaharlangan, ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etgan, ona esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi.

 

Ўхшаш янгиликлар