• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Janubiy Koreyaning yetakchi The Korea Post jurnalida O‘zbekistondagi sanoat zonalari haqida maqola chop etildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, maqolada 2023 yilda sanoat zonalarida joylashgan korxonalar tomonidan 53,4 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 972 million dollarlik eksport amalga oshirilgani qayd etilgan.

2024 yilda sanoat zonalarida 841 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda 766 ta sanoat zonasi, jumladan, 24 ta maxsus iqtisodiy zona, 532 ta kichik sanoat zonasi, 210 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etildi. Mazkur obektlarning bosh rejalariga muvofiq investitsiya loyihalari uchun umumiy maydoni 11 ming 952,1 gektar yer ajratilgan.

«Sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yildan yilga kengaymoqda. 2024 yilda sanoat zonalarida 841 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu 2023 yildagi ko‘rsatkichdan (965 ta loyiha) 124 taga kam bo‘lsa-da, bu o‘zgarish yangi tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining yiriklashishi va ish o‘rinlari sonining ancha ko‘payishi bilan bog‘liq. Masalan, sanoat zonalarida 2023 yilda amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 9,7 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda ushbu maqsadlar uchun 13,3 trillion so‘m jalb etiladi», — deyiladi maqolada.

Ўхшаш янгиликлар