Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: “RIA Novosti”

9-aprel tongida yana 32 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan: Oqmo‘la viloyatida —13, Olmaotada —1, Qizilo‘rda viloyatida — 7, G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida —2, Atirau viloyatida —3, Qarag‘anda viloyatida —2, Chimkentda — 4 kishi;

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

  • Nur-Sulton — 223;
  • Olmaota — 120;
  • Qizilo‘rda viloyati — 92;
  • Atirau viloyati —39;
  • Qarag‘anda viloyati — 57;
  • Oqmo‘la viloyati — 56;
  • Olmaota viloyati — 10;
  • Turkiston viloyati — 34;
  • Jambil viloyati — 45;
  • Oqto‘be viloyati — 11;
  • Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 25;
  • Chimkent — 27;
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 6;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 4;
  • Pavlodar viloyati — 1;
  • Ko‘stanay viloyati — 3;
  • Mang‘istov viloyati — 6  ta holat.

Avvalroq Qozog‘istonda tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Qozog‘istonda koronavirus oqibatida besh kishi vafot etgan. 26-mart kuni Nur-Sultonda 64 yoshli ayol, 31-mart kuni 50 yoshli erkak, 1-aprel kuni Qarag‘andada 62 yoshli erkak. 4-aprel kuni Turkiston va Oqmo‘la viloyatlarida ikki kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

9-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarga yetdi.