AQShning Vermont shtatidan bo‘lgan senator Berni Sanders Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etishni to‘xtatganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza CNN’ga tayanib.

Foto: Getty Images

O‘zining ketishi haqida keyinroq Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. “Bugun men o‘z kampaniyamni to‘xtatyapman. Lekin kampaniya to‘xtagan joyda adolat uchun kurash davom etadi”, — degan u.

Sanders yurak jarrohligini boshidan o‘tkazganidan so‘ng oktabr oyidayoq kampaniya to‘xtatishini ma’lum qilgandi, lekin keyinchalik uni yana davom ettirgan.

U AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqib ketganidan so‘ng 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda Demokratlar partiyasidan yagona nomzod Jo Bayden bo‘lib qoladi. U bu maqomga rasmiy ravishda yozda o‘tkaziladigan partiya syezdida tasdiqlanadi (ayni paytda nazariy jihatdan prezidentlik poygasiga hali ham boshqa nomzodlar qo‘shilishi mumkin).

Berni Sanders 2016-yilda ham Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lishga harakat qilgan, lekin Hillari Klintonga mag‘lub bo‘lgan.

Sanders 78 yoshda. Agar u prezident bo‘lganida butun AQSh tarixida eng keksa yoshli davlat rahbari bo‘lardi.