• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +25°C
Detail image

Toshkent shahri hokimligi Yunusobod tumanidagi 212 ta geografik obyektning nomini o‘zgartirish yoki yangi nom qo‘yish bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi

Takliflarni qabul qilish 29-aprelda boshlandi va 13-maygacha davom etadi.

Ovoz berish uchun geonom.tashkent.uz saytining bosh sahifasida xarita ostidagi “Ovoz berishda ishtirok etish” havolasini, so‘ng ko‘cha bo‘limlari ko‘rsatilgan doiralardan birini bosish zarur.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

  • Og‘zaki ravishda: +99871 210 04 13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha) murojaat qilish orqali;
  • Yozma: 100060, Toshkent shahri Chilonzor tumani Islom Karimov shohko‘chasi 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
  • Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Подобные новости