• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda viloyatda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirishga to‘xtalib o‘tildi.

Xonadonlarda chorva naslini yaxshilash, sutni qayta ishlash, parranda go‘shti ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Jumladan, go‘sht yo‘nalishida har biri 200 ming bosh parrandaga mo‘ljallangan 5 ta sanoatlashgan yirik parrandachilik korxonasi Bog‘ot, Gurlan, Hazorasp, Honqa, Shovotda ishga tushiriladi.

Viloyatdagi sunʼiy suv havzalarini atigi 10 foizida baliq intensiv usulda boqilishi qayd etilib, endilikda intensiv usulda baliq yetishtirgan tadbirkorlar yer va aylanma solig‘ini 50 foizini to‘lashi, suv solig‘i va to‘lovidan ozod etilishi belgilandi.

Xorazmda yirik kanallarni betonlashga qo‘shimcha 145 milliard so‘m ajratilgan. Ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashni vegetatsiya davrigacha yakunlash zarurligi qayd etildi.

“Toshsoqa kanalini tiklash” loyihasi 2-bosqichi doirasidagi ishlarni jadallashtirishga topshiriq berildi.

Ushbu loyiha natijasida 172 ming gektarda suv taʼminoti yaxshilanadi, yiliga 500 million kub metr suv, 50 million kilovatt elektr, 30 milliard so‘m saqlash xarajatlari tejaladi.

Подобные новости