• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +22.1°C
Detail image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Uchrashuvda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan Xorazmga 100 million dollari ajratilishi ma'lum qilindi. 

Urganch tumani “Chakka-sholikor” qishlog‘ida texnopark tashkil qilish, yil yakunigacha elektrotexnika, to‘qimachilik va qurilish materiallari yo‘nalishida 100 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Bunga qo‘shimcha ajratiladigan 25 million dollar hisobidan kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 milliard so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga kreditlar beriladi.

Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to‘lovidan ozod qilinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.

Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarini 50 foizi Eksport jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Подобные новости