• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +16°C
Detail image

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan FVB va soliq idoralari bilan hamkorlikda Xiva, Bog‘ot, Hazorasp, Gurlan, Yangiariq, Tuproqqal’a tumanlari va Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 9 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini o‘z yashash uylarida qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 355 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslardan jami 1 066 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi hamda Nurota, Qiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumani bo‘limlari tomonidan FVB idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 7 nafar fuqaro o‘z uylarida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 931 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Подобные новости