• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18°C
Detail image

Xitoy kosmik agentligi 3-may kuni Oyning ko‘p tadqiq etilmagan tomoniga missiya yubordi. Bu 2030-yilgacha odamlarni Oy yuzasiga olib chiqish maqsadining bir qismi sifatida kelgusi yillarda rejalashtirilgan uchta missiyaning birinchisidir, deya The Guardian xabar berdi.

Change6 nomli ushbu uchuvchisiz kosmik kema Xitoyning Oyga odam yuborish dasturida katta qadam bo‘ldi.

Bu missiya, shuningdek, AQSHda Xitoyning kengroq geosiyosiy maqsadlari yuzasidan xavotirlar uyg‘otgan. NASA endi bu raqobatni “yangi kosmik poyga” deya atamoqda.

2007-yilda Change dasturining birinchi missiyasi orqali Xitoy Oy tadqiqotlari bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan va AQSH hamda Rossiya bilan texnologik tafovutni kamaytirgan.

Change6 missiyasi Yerga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinish imkoniyatiga ega bo‘lmagani sababli Oy orbitasida aylanib yurgan yangi ishga tushirilgan yo‘ldosh orqali aloqa o‘rnatishga tayanadi. Bu missiya, shuningdek, Oyning ko‘rinmaydigan tomonidan namunalarni to‘plash va Yerga qaytarishga qaratilgan.

Xitoyning 2026 va 2028-yillardagi kelgusi Change7 va Change8 uchuvchisiz missiyalari ham ushbu yangi sun’iy yo‘ldosh yordamida olib boriladi, ularda Xitoy suv izlab Oyning Janubiy qutbini o‘rganadi.

Подобные новости