• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +17°C
Detail image

Xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ustozlariga 1,3 mlrd so‘m pul mukofotlari berildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, taʼlim sifatiga talab ortishi natijasida sohada oliy maʼlumotlilarning soni 1,5 barobarga o‘sgan. O‘zbekiston — o‘z tarixida ilk bor, maktablarda PISA xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etgan. PISA-2022 (xalqaro baholash testlari) dasturi bo‘yicha 191 ta maktabda 15 yoshli o‘quvchilar orasidan 6 969 nafarida test sinovlari hamda so‘rovnomalar o‘tkazilgan. 

2023-yilning dekabr oyida PISA xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari eʼlon qilinib, O‘zbekistonning matematik savodxonlik yo‘nalishida o‘rtacha ko‘rsatkichi 364 ball (72 o‘rin), o‘qish savodxonligi yo‘nalishida 336 ball (80-o‘rin), tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha esa 355 ballni (80-o‘rin) tashkil etgan.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda 6 ta medal (4 ta kumush, 2 ta bronza); Mintaqaviy olimpiadalarda 39 ta medal (3 ta oltin, 13 ta kumush, 23 ta bronza) qo‘lga kiritildi. Ushbu o‘quvchilar va ularning ustozlariga jami 1,3 mlrd so‘m pul mukofotlari berilgan.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston tomonidan eng nufuzli Xalqaro kimyo va Xalqaro informatika olimpiadalariga 2026-yilda mezbonlik qilish qo‘lga kiritilgan. “TIMSS 2023” xalqaro baholash dasturi doirasida matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro tadqiqotda 166 ta maktablarning 8 800 nafar to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilari, 4 400 nafar ota-onalar, 1 035 nafar o‘qituvchilar va maktab direktorlari ishtiroki taʼminlangan.

“TALIS 2024” taʼlim berish va o‘qitish sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar doirasida 30 ta maktablarda 600 nafarga yaqin o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro so‘rovnomaning tajriba-sinovlari o‘tkazilgan. Buyuk Britaniyadagi Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda 28 nafar maktab o‘qituvchilari hamda liderlari uchun tashkil etilgan PDQ dasturi bo‘yicha kurs o‘tkazilib, bir necha pedagog Cambridge Assessment tashkilotining (PDQ) xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan.

“Zo‘r! (Klass!)” gumanitar loyihasi doirasida 153 nafar o‘qituvchi (104 nafar rus tili o‘qituvchisi, 35 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchisi, 14 nafar metodist) jalb qilingan. Shuningdek, 21 nafar rossiyalik mutaxassis 14 ta malaka oshirish hududiy markaziga jalb etilib, 300 nafardan ortiq umumtaʼlim maktablarining rus tili fani o‘qituvchilari uchun treninglar tashkil etilgan.

Hayot davomida o‘qish tamoyili asosida 309 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining malakasi oshirilgan. Koreya Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi 57 nafar koreys tili fani o‘qituvchilari qayta tayyorlov kurslarida o‘qitilgan.

Milliy o‘quv dasturi Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida uch bosqichda tajriba-sinovdan o‘tkazilib barcha umumiy o‘rta taʼlim maktablariga joriy qilingan. 2021/2022 o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini tamomlagan 385 437 nafar bitiruvchilarning 85 869 nafari (22,3%) oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. 

Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘qituvchilari uchun yangi metodik xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi va “Metodik kun” va “Fan oyliklari” bekor qilingan. 473 ming 854 nafar o‘qituvchining 7 ta kompetensiya bo‘yicha malakasi oshirilib kasbiy salohiyati 53,4 foizdan 85 foizga ko‘tarildi, 8 ta kompetentlik asosida 7 228 nafar maktab direktori malakasi oshirilib, ularning bilim ko‘nikmalari 44,3% dan 88,4% ga oshdi.

Ilk bor 755 nafar maktab o‘qituvchilari nodavlat taʼlim tashkilotlarida malaka oshirdi. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – malaka oshirish kurslari uchun 33 ta fan yo‘nalishlarining kontenti, jumladan, 1 120 ta maʼruza, 1 120 ta taqdimot, 1 120 ta videodars, 7 840 ta qo‘shimcha adabiyotlar, 7 308 ta test topshiriqlar yaratildi va elektron platformaga joylashtirildi.

Подобные новости