• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18°C
Detail image

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainaga hujumini kengaytirishga tayyorlanayotgan Rossiya bilan urushning yangi bosqichiga duch kelayotganini aytdi. Bu haqda prezident Xmelnitskiyga safari chog‘ida chegarachilarga murojaatida aytib o‘tdi.

“Bugun urushning 800-kuni. Bu bizning davlatimiz bosib o'tishi kerak bo'lgan juda og'ir va mashaqqatli yo'l va biz urushni adolatli shartlarda, Ukraina shartlariga ko'ra tugatish uchun hali ham bosib o'tishimiz kerak bo'lgan yo'l. Endi bizni urushning yangi bosqichi kutmoqda. Rossiya tajovuzkor harakatlarni kengaytirishga tayyorlanmoqda”, — dedi prezident.

Uning ta'kidlashicha, ukrainaliklar, askarlar, davlat va sheriklar birgalikda Rossiyaning hujum rejasini barbod qilish va dushman o'z maqsadlariga erisha olmasligini isbotlash uchun hamma narsani qilishlari kerak.

Подобные новости